Alisher Navoiy xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatib kelgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, go‘zallik va nafosatga shaydolik tuyg‘ularini kamol toptirishda Navoiy asarlari muhim manba bo‘la oladi.
Shoir, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan 2023 yil 9 fevral kuni Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi Sirdaryo filiali hodimlari o‘rtasida “Alisher Navoiy haqida bilasizmi?” mavzusida bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, bellashuvni Madaniy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori mudiri N.Mamadjanova ochib berdi va Mir Alisher Navoiy haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Shundan so‘ng, bellashuv ishtirokchilari Elektron resurslar va ulardan foydalanish zallari sektori xodimlari tomonidan tayyorlangan test savollari kompyuterda bajarildi. Ushbu test savollari shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida bo‘lib, «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi Sirdaryo filiali hodimlari test yechish jarayonida bilimlarini yanada mustahkamladi.
Test yakunida quyidagi natijalar e’lon qilindi;
1-o‘rin – Obid Otabayev
2-o‘rin –Ilhom Rahmatullayev
3-o‘rin – Akmal Abdurazaqov
Bellashuvda 7 nafar ishtirokchi ishtirok etdi.




