#kitob ko’rgazma

Joriy yilning 15-oktabr kuni Boyovut tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan 21-oktabr Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risidagi Qonun qabul qilingan kuniga bagʻishlab «Ona tilim – millat faxri va g’ururi » nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek tiliga oid qiziqarli ma’lumotlar, fikr-mulohazalarga boy adabiyotlar, gazeta va qo’llanmalar o‘rin olgan.