Navro’z bayrami
Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda. Navro‘z bayrami munosabati bilan tumandagi 3-sonli maktab o’quvchilari “Navro’zni ulug’lash, insonni ulug’lash!” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar , milliy o‘yinlar, xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etdilar.


