2023 yil 14 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markaziga Ixtisosllashtirigan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o‘quvchilari kutubxona bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida AKM hodimi Nargiza Mamadjanova o‘quvchilarni markaz ish faoliyati bilan tanishtirdi, markaz barcha bo‘lim va sektorlar bilan tanishtirib hamda kutubxona fondida kerakli adabiyotlar, maʼlumotlar bilan boyligi, hamda bir nusxada adabiyotlarning elektron variantida foydalanish mumkinligini aytib o‘tdi.

O‘quvchilar yoshlarni kitob o‘qishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kutubxona fondida kerakli adabiyotlar, ma’lumotlar bilan boyligini ko‘rib kutubxonaga a’zo bo‘lish istagi uyg’ondi hamda kutubxonaga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.

Oʻquvchilar kutubxonaga qilgan sayohatlaridan maʼmnun boʻlib va axborot-kutubxona markaz xodimlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Tashrif buyurgan o‘quvchilar soni 14 nafar.