Bugun 3-aprel kuni Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «JADIDLAR – MILLAT UYG’ONISHINING ASOSCHILARI» mavzusi asosida tumandagi 46-sonli maktab o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. 🏛️📖
Davra suhbati davomida jadidlar harakati namoyandalari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi buyuk siymolarning hayoti, ularning xalq ma’rifati yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. 👨🏫📚🌟
Shuningdek, jadidlarning asosiy g‘oyasi — ilm-ma’rifat orqali jamiyatni taraqqiy ettirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish ekani alohida ta’kidlandi.
Ularning sa’y-harakatlari tufayli yangi usuldagi maktablar tashkil etilib, millat ravnaqi yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilganligi qayd etildi.
Davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, yoshlarni ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga undadi.


