Bugun Boyovut tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman faollari, kutubxona xodimlari, kitobxonlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochilish marosimida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining axborot va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, axborot-kutubxona muassasalarining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirish va kitobxonlikni keng targ‘ib etishning ahamiyati ta’kidlandi.

Mazkur haftalik doirasida kitobxonlikni ommalashtirish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.