Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida 2023 yil 14 fevral kuni Ixtisosllashtirigan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ularning ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida “Ikkinchi renessansning ikki buyuk dahosi – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur” mavzusida o‘quvchilar tomonidan tayyorlanga ilmiy izlanishlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zulfira Axmedova tadbirni kirish va tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu ilmiy konferensiyada maktab o‘quvchilari o‘zlarining Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi, turli fan sohalariga oid ulkan ilmiy izlanishlarini taqdimotlar orqali ko‘rsatib, so‘zlab berdi.
Konferensiyada maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchilari Iroda Abdullayeva, Shaxnoza Isomiddinova, Baxtiyor Yo’ldoshevlar yosh iste’dodli o‘quvchilarning ikki buyuk daholarning kichik ilmiy izlanishlarini kuzatib bordi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid “Buyuk davlat arbobi va sarkarda” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Konferensiyada 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari va Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilar soni 62 kishi.






