📚⭐️Joriy yilning 23-oktabr kuni Boyovut tuman Axborot-kutubxona markaziga bir guruh kitobxon o’quvchilar ishtirokida «Ekskursiya» tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan qulayliklar hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, kitob o‘qishga va kutubxonadan faol foydalanishga chorlab o‘tildi.
Tashrif o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.