Joriy yilning 13 fevral kuni Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida “Adolatli shoh va shoir” mavzusida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Ma’naviyat va ma’rifat markazi Guliston shahar bo‘linmasi rahbari Norbekov Ikrom Vafoyevich, Guliston harbiy prokurori adliya podpolkovnigi Jalilov Ravshan Abduqayumovich, Guliston Davlat Universiteti professori Mahmudov Ravshan Jalilovich hamda Ekologiya partiyasi rahbari Burxon Shermatovlar taklif etildi.
Ular o‘z ma’ruzalarida buyuk Zahiriddin Muhammad Bobur Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda, Hindistonda Boburiylar sulolasining asoschisi boʻlgan Bobur benazir shoir, madaniyat va sanʼat, ilm-fan, hunar, meʼmorchilikning saxovatpesha homiysi sifatida jahon olimlari, kitobxonlari mehrini qozongan tarixiy shaxs bo‘ganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir davomida Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatri aktyorlari ijrosida Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bagʻishlangan sahna koʻrinishi namoyish etilib, Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan gʻazal va ruboiylar o‘qib eshittirildi.
Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab “Buyuk davlat arbobi va sarkarda” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari soni 90 nafar.







